Xorazmlik 22 yoshli ayol 4 oylik chaqalog‘ini pullamoqchi bo‘ldi
3-sahifa
−
07 noyabr 2020
105552020 yilning 28 oktyabr kuni xorazmlik 22 yoshli ayol o‘zining 4 oylik qiz farzandini sotgan paytida qo‘lga olingan. Uni qo‘lga olish Xorazm viloyat IIB va DXX Xiva shahar bo‘limi xodimlari bilan hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida amalga oshirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol 4 oylik qiz farzandini 120 million so‘m evaziga sotishga qaror qilgan. 5 000 dollarini olib, qizini sotgan paytida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Xiva shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, chaqaloq esa davlat qaramog‘iga olingan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi