Xorazmdagi “tozalash”da uch kishi qamoqqa olindi
Jamiyat
−
06 dekabr 2023
9650Xorazm viloyatida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish maqsadida Ichki ishlar organlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi bilan o‘zaro hamkorlikda “Xavfsiz hudud – dolzarb qirq kunligi” tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda. Unda uch nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat hududida turli jinoyatlarga aloqador fuqarolar aniqlanib, gumondorlarning yashash uylarida o‘tkazilgan tintuvlar jarayonida 4 kg 800 grammdan ortiq og‘irlikdagi giyohvandlik vositalari, 97 dona psixotrop moddalar, 1 ta pnevmatik qurol, 2 ta sovuq qurol (bita va kastet) ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Xozirgi kunda yuqoridagi holatlar yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi, 276-moddasi 2-qismi, 277-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, 3 nafar shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Dastlabki tergov harakatlari Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilmoqda.
Bundan tashqari, yuqoridagi tezkor-profilaktik tadbir davomida tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 12 nafar shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan.
LiveBarchasi