Xorazmdagi mudhish YTHda 4 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download
O‘zbekiston eng ko‘p kimdan qarz olgani ma’lum bo‘ldi north_east

O‘zbekiston eng ko‘p kimdan qarz olgani ma’lum bo‘ldi

Joriy yilning 24 may kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida Nexia-2 yo‘l chetida borayotgan 6 nafar maktab o‘quvchisini urib yubordi. Bu haqda Xorazm IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH 24 may kuni soat 17:40 larda Yangiariq–Xonqa yo‘lining 14-kilometrida yuz bergan. 39 yoshli haydovchi Nexia-2 rusumli avtomobilni Vakillar mahallasi hududida boshqarib ketayotganda yo‘l chetida borayotgan tumandagi 22-sonli maktabning 11-sinfida o‘quvchi 6 nafar o‘quvchini urib yuborgan. Oqibatda mashina yo‘l chetidagi ariqqa ag‘darilgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida o‘quvchilarning 3 nafari olgan og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘lgan. 1 nafari shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, 2 nafar o‘quvchi og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

316

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing