Xorazmdagi ko‘zi ojizlar kutubxonasining qurilishida 637 mln so‘mdan ko‘proq mablag‘ “tuya qilindi”
Jamiyat
−
17 aprel
4356Xorazmdagi ko‘zi ojizlar kutubxonasining qurilishida 637 mln so‘mdan ko‘proq mablag‘ talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuror o‘rinbosari Sherzod To‘xtaboyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Xorazm viloyatida o‘rganishlar davom ettirilmoqda.
Jumladan, Xiva shahridagi "Nurullaboy" saroyi majmuasi bilan tanishilib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilgan.
Bundan tashqari, ishchi guruh tomonidan Madaniyat vazirligi huzuridagi Urganch shahrida joylashgan ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi faoliyati o‘rganilgan.
"Xususan, o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida, mazkur kutubxona qurilishida 637 mln 363 ming 927 so‘mlik byudjet mablag‘larining talon-toroj qilinganligi holati aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi", deyiladi xabarda.
Ayni paytda viloyatda o‘rganishlar davom ettirilayotgani aytilmoqda.
LiveBarchasi