Xorazmdagi xususiy bog‘chada bolalarning kaltaklangani rostmi?
Jamiyat
−
24 Oktabr 2023
6874Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Xonqa tumanidagi xususiy bog‘chalarning birida tarbiyachi bolalarni kaltaklayotgani aks etgan video tarqalgandi. Unda xonaga kirgan tarbiyachi bolalarning boshiga urib, ularni o‘rniga yotqizayotganini ko‘rish mumkin. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bunga munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, voqea "Adolat Dinora orzulari" nodavlat ta’lim muassasasida sodir bo‘lgani ma’lum qilindi.
"Mazkur holat Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi hamda tegishli vakolatli tashkilot xodimlari hamkorligida o‘rganildi. Tabiyachi Q.Z. tarbiyalanuvchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lgani va ichki mehnat tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi", deyiladi ushbu munosabatda.