Xorazmda “Tozalash-Antiterror” tadbiri o‘tkazilmoqda
Jamiyat
−
12 dekabr 2020
6286Joriy yilning 1 dekabr kunidan boshlab Xorazm viloyati hududida navbatdagi “Tozalash-Antiterror” profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tadbir davomida viloyat ichki ishlar organlari tomonidan ham bir qator profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Mahalliy hokimiyat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, hamda keng jamoatchilik hamkorligida o‘tkaziladigan “Tozalash-Antiterror” profilaktik tadbiridan ko‘zlangan asosan maqsad jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bilan birgalikda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirishdan iboratdir”, deyiladi rasmiy xabarda.
Tadbirda o‘qotar qurollar bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlarining oldini olish maqsadida, ov quroliga ega bo‘lgan fuqarolar tomonidan qurol va ularning o‘q-dorilarini saqlash tartibiga rioya qilinishining ahvoli o‘rganilmoqda.
Targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida, ayrim fuqarolar tegishli hujjatlarsiz uyida saqlayotgan ov qurollari va ularning o‘q-dorilarini ixtiyoriy ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish holatlari ham kuzatilgan.
Ma’lumot o‘rnida, o‘qotar qurollar, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini o‘z ixtiyori bilan huquqni muhofaza qilish organlariga topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
LiveBarchasi