Xorazmda suv narxi qariyb ikki baravar oshadi

Jamiyat

image

Xorazm viloyatida 3 noyabrdan ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun yangi tariflar amal qiladi. Narxlar o‘rtacha ikki barobarga oshgan. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” hisobotida ma’lum qilindi.

“O‘tgan besh yil ichida Xorazm viloyatida markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti darajasi 52,1 foizdan 85,5 foizga oshirildi. Joriy yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkichni 90 foizga yetkazish rejalashtirilgan”, deyiladi hisobotda.

Ayni paytda Pitnak suv tozalash inshooti rekonstruksiya qilinadi, Gurlan tumanida yangi suv tozalash inshooti quriladi, Urganch, Xiva va Pitnak shaharlarida kanalizatsiya tizimi qurilib, rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi. Gurlan tumanida esa kanalizatsiya tarmoqlari quriladi.

“Soha xodimlarining ish haqini to‘lash, elektr energiyasi uchun to‘lov, soliqlar, xorijiy kreditlarni to‘lash uchun ham mablag‘ talab etiladi. Shuningdek, joriy va kapital ta’mirlash, tizimni modernizatsiya qilish uchun ham mablag‘ kerak”, deyiladi “O‘zsuvta’minot” AK ma’lumotida.

Shu bois ham 3 noyabrdan boshlab viloyatda yangi tariflar joriy etiladi. Jumladan, ichimlik suvi uchun:

  •  aholi uchun – 1 kub metr uchun 2800 so‘m (hozirda – 1500 so‘m);
  •  byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun – 1 kub metr uchun 5700 so‘m (joriy tarif 3050 so‘m).

Kanalizatsiya xizmatlari uchun:

  •  aholi uchun – 1 kub metr uchun 1550 so‘m (joriy tarif – 800 so‘m);
  •  byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun – 1 kub metr uchun 2400 so‘m (hozirda – 1300 so‘m).

Maqola muallifi

Teglar

Xorazm suv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing