Xorazmda maktab direktori o‘quvchini urdi
3-sahifa
−
31 may 2023
8174Xorazm viloyatida maktab direktori imtihonga kech qolgan o‘quvchini kaltaklagani haqidagi xabarlar internet tarmoqlarida keng muhokama qilindi. Holat yuzasidan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Keltirilishicha, voqea joriy yilning 1 may kuni Xiva shahar 6-sonli maktabida sodir bo‘lgan. Ushbu maktab direktori o‘quvchini davlat imtihoniga kechikib kelgani uchun kaltaklagan. Bu holat direktor tomonidan 4 marta takrorlanayotgani aytilib, tegishli organlardan uni javobgarlikka tortish so‘ralgan.
Holat viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi hamda tegishli vakolatli tashkilot vakillari hamkorligida o‘rganilgan.
“Lavozim vazifalarini yetarli darajada bajarmaganligi, o‘z ish faoliyatida e’tiborsizlik va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganligi uchun Xiva shahar 6-sonli maktab direktoriga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi