Xorazmda kuchli shamol binolarga zarar berdi
Jamiyat
−
18 may 2020
8412Kecha, 17 may kuni taxminan soat 17:00 da Xorazm viloyatiga 15-25 m/s. tezlik bilan kuchli shamol oqimi kirib kelgan. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Buning natijasida korxona, tashkilot va turar joylarning tom qismlarini uchirib, pastga qulash holatlari yuz berdi. Ushbu nohush xodisalar oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 3 ta maxsus texnika va 20 nafar shaxsiy tarkib jalb etilib, zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ayni damda “Xorazm xududiy elektr tarmoqlari” AJ xam yuzaga kelgan avariyalarni bartaraf qilishda navbatma-navbat elektr uzilishlarini bartaraf qilishmoqda.
Ta’kidlanishicha, qisqa muddatda avariyalarni bartaraf qilib, elektr energiyasi yetkaziladi.
Avvalroq, dam olish kunlari O‘zbekistonga Kaspiy dengizi tomondan nam havo oqimi kirib kelishi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi