Xorazmda ikki qiz o‘zini ko‘p qavatli uyning tomidan tashlab halok bo‘ldi
3-sahifa
−
08 iyul 41427 1 daqiqa
Xorazm viloyatining Urganch shahrida 2 nafar voyaga yetmagan qiz ko‘p qavatli uy tomidan o‘zini pastga tashlab, joniga qasd qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB navbatchilik qismiga 7 iyul kuni soat 08:15 da shaharning Nurli hayot ko‘chasida joylashgan 7 qavatli uyning tomidan 2 fuqaro o‘zini-o‘zi pastga tashlab, vafot etgani haqida xabar kelib tushgan.
O‘tkazilgan tekshiruvda o‘z joniga qasd qilgan qizlar – 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan D.S. hamda 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan S.B. ekani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Urganch shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi