Xorazmda IIB xodimi yarim tunda eri Rossiyada bo‘lgan ayolning uyida ushlandi
3-sahifa
−
12 fevral 62448 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Shovot tumanida profilaktika inspektori begona ayolning uyida qo‘lga tushgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, ayolning eri xorijda Rossiyada bo‘lgan. Xodim(katta leytenant) tumanning Idaliqal’a mahallasida inspektor bo‘lgan. IIB xodimi ayolning xonadoniga bir necha marotaba kelgan. Inspektor joriy yilning 31 yanvar kuni tunda ayolning uyida bo‘lgan vaqtida ayolning eriga yaqin qarindoshlari tomonidan ushlangan.
Voqea joyiga tuman IIB mas’ullari chaqirilgan. Chaqiruv bo‘yicha kelgan IIB mas’ullari holatga oydinlik kiritish maqsadida profilaktika inspektori hamda guvohlarni IIB binosiga olib ketgan.
Ayni paytda ichki ishlar organi xodimi sha’niga putur yetkazuvchi harakatlari uchun xodimni ichki ishlar organlari safidan bo‘shatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Live
Barchasi