Xorazmda erkakning 2-xotinini “samosud” qilgan ayollarga hukm o‘qildi

Jamiyat

920__95_1860197694 — копия
0:00
0:00
download

Avvalroq, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani "Oqdarband" mahallasida D.Karomat singillari D. Olma, D. Ra’no va qarindoshi R. Nargiza bilan 2020 yil 9 iyun kuni O.Hamidaning kiyimlarini yirtib, tayoq bilan tanasining turli joylariga urib, qaychi bilan sochlarini kesib tashlagani haqida xabar bergan edik.

Ayollar O.Hamidani birovning oilasini buzganlikda, uch nafar farzandi yetim qolayotganlikda ayblab, kaltaklagan. O‘tkazilgan surishtiruv davomida O.Hamida shu mahallada yashovchi D.Karomatning o‘g‘li S.D. bilan 2016 yildan buyon yashab kelayotganligi, hozirda bir nafar farzandi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilib, tegishli tartibda ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tumani sudining hukmiga ko‘ra, D.Karomat, D.Olma, R.Nargizalarga 1 (bir) yil 6 (olti) oy va D.Ra’noga 1 (bir)  yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, jabrlanuvchi O.Hamidaning ularga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligi inobatga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

samosud

Baholaganlar

1539

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing