Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kaltaklanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
Jamiyat
−
29 fevral 2024 12962 1 daqiqa
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kaltaklayotgani aks etgan videolavha tarqalgandi. Shundan so‘ng, hodisa yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilayotgani aytildi. Bolalar ombudsmani ham mazkur holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Xorazm viloyati Xonqa tumani 36-sonli maktabning boshlang‘ich ta’lim “Mehnat fani” o‘qituvchisi M.A. joriy yilning 23 fevral kuni o‘zi ishlab kelayotgan 36-sonli maktabda 1 “A”-sinf o‘quvchilari (2016 yilda tug‘ilgan) G‘.O.(qiz bola), Yu.A. va D.B. (o‘g‘il bolalar)ni dars paytida nazorat ishlarini to‘g‘ri bajarmaganliklari vaji bilan kaltaklagan.
2024 yil 26 fevralda o‘qituvchining bunday noqonuniy harakatlari yuzasidan Xonqa tuman IIB tergovga qadar tekshiruv boshlagan.
Tergovga qadar tekshiruv doirasida o‘quvchilar G‘.O., Yu.A. va D.B. larga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza, o‘qituvchi M.A. ga nisbatan sudga oid psixiatriya ekspertizasi tayinlangan.
Bolalar ombudsmani bolaning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr