Xorazmda ayol bolalarini ayovsiz kaltakladi (video)

3-sahifa

image

Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi ayolning farzandlarini shafqatsizlarcha urayotgani aks etgan video QALAMPIR.UZ'ga yetib keldi.

Videoda ko‘rish mumkinki, ayol ikki nafar – taxminan 4-5 yoshdagi bolalarini oyoqlari bilan tepib, haqorat qilgan.

“Odamni aytganini qilasanmi? Itdan bo‘lgan it. O‘l shuncha itni tug‘ib! Ovozingni o‘chir”, deya bolalariga baqirgan ayol.

Voqeaga aniqlik kiritish uchun QALAMPIR.UZ ayolning qaynonasi bilan bog‘landi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalarning otasi Qozog‘istonda ishlaydi. Ayoli esa doim uyda bo‘lgan va har hafta o‘zi uchun eridan 100 AQSH dollari miqdorida pul so‘rab kelgan.

“Ular hozircha ajrashmagan, lekin ajrashish uchun ariza bergan. Bolalar qo‘rqoq bo‘lib qoldi, ko‘chadan qattiqroq ovoz kelsa ham uyga qarab yuguradi. Hozirda bolalarini otasi dam olishga boshqa yerga olib ketgan. Kelinimning yoshi yigirma to‘rtda, bolalar esa 3 va 4 yosh”, deydi kaltaklangan bolalarning buvisi.

Mazkur holat yuzasidan mas’ullardan munosabat kutib qolamiz.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 iyul kuni Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanida yashovchi ayol Qozog‘istonda ishlayotgan eriga jahl qilib, bolalarini muntazam kaltaklab kelgani haqida xabar bergan edik. 


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing