Xorazmda 32 yoshli haydovchi YTH qurboni bo‘ldi
Jamiyat
−
20 yanvar 2020
8136Bugun, 20 yanvar kuni soat 02:30 larda Xorazm viloyati Yangibozor tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Natijada bir kishi halok bo‘ldi. BU haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi Shovot tumanida yashagan, 1988 yilda tug‘ilgan, A.O. Nexia-3 rusumli avtomobilni Shovot-Urganch yo‘nalishida boshqarib borayotib boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetiga ag‘darilgan.
Natijada haydovchi A.O. bosh qismidan tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.
“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qiling. Yo‘l xushyorlik va intizomini yoqtiradi, buni har doim yodda saqlang!”, deb ogohlantirgan YHXBB.
LiveBarchasi