Xorazmda 3,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi

3-sahifa

image

Xorazm viloyati Urganch tumanida 3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Urganch tumanida faoliyat yurituvchi “M” fermer xo‘jaligi rahbari A.E. xo‘jalik binosida 11 ta isitish qozonlarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab olgani aniqlangan. U jami 3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Surxondaryoda gaz tarmog‘iga ulanishga ruxsat berishi uchun tadbirkordan 700 AQSH dollari talab qilgan “Termizshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i ushlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

gaz Xorazm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing