Xorazmda 22 yoshli haydovchi 4 yashar bolaning o‘limiga sabab bo‘ldi
Jamiyat
−
13 may 2020
7979Kecha, 12 may kuni soat 19:00 larda Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, Qalando‘rman qishlog‘i hududidan o‘tgan ichki 4K-928 avtomobil yo‘lining 3-km.da 4 yoshli bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Haydovchi 1998 y.t. A.S. Matiz rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda boshkarayotib, yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan 2008 yil tug‘ilgan Z.O‘. ushlab ketayotgan qo‘lidan chiqib ketib, yo‘lga yugurib chiqishi oqibatida piyoda 2016 yil tug‘ilgan M.J.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda voyaga yetmagan 4 yoshli M.J. olgan tan jarohatlari og‘irligi sababli shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangibozor tumani IIB TG tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023