Xorazmda 2,1 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan novvoyxona aniqlandi

3-sahifa

image

Xorazm viloyati Urganch tumanida 2 mlrd so‘mdan ziyod turadigan tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan nonvoyxona aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Urganch tumanida faoliyat yuritayotgan “E.K.” MCHJga qarashli novvoyxonada hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘l bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga 2 mlrd 92 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.

“Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida joylashgan “Y-Z.E.” MCHJga qarashli qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonasi 5 mlrd so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Xorazm novvoyxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing