Xorazmda 19 yashar yigit “Shovot” kanalida cho‘kib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 10 iyun kuni Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi “Shovot” kanalida 19 yoshli yigit cho‘kib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.  

FVVning viloyat boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu holatga uning ehtiyotsizligi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. 

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruv guruhi tomonidan amalga oshirilgan qidiruv ishlari natijasida hodisa sodir bo‘lgan hududdan fuqaro A.S. ning jasadi topilgan.

“Yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi ota-onalar tomonidan o‘z bolalarini qarovsiz qoldirmasligini hamda shaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini so‘rab qoladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Shovot kanali

Baholaganlar

219

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing