Xorazmda 16 yoshli bola kanalda cho‘kib ketdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 29 iyun kuni Xorazmda 16 yoshli bola cho‘kib ketdi. Bu haqda Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa Urganch shahridagi “Jaloliddin Manguberdi” istirohat bog‘i yonidagi “Shovot” kanalida 29 iyun kuni tahminan soat 17:00 larda sodir bo‘lgan. 

Aniqlanishicha, 16 yoshli bola o‘rtoqlari bilan o‘quv kurslaridan qaytayotgan vaqtda kanalga cho‘milish maqsadida tushganida cho‘kib ketgan. 

Hozirda holat yuzasidan Yangibozor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

 

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xorazm

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing