Xorazm viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Botir Ozodovich Saidov Xorazm viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tasdiqlandi.

U 1975 yil Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, 1997 yilda Urganch Davlat universiteti, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.  

Mehnat faoliyatini 1997 yilda Urganch Davlat universiteti iqtisod fakulteti Matematik modellashtirish va menejment kafedrasi assistent o‘qituvchisi vazifasidan boshlagan.

2001–2020 yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiy tahlil departamenti iqtisodchisi, O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining filiallarida boshqaruvchi o‘rinbosari, boshqaruvchi birinchi o‘rinbosari, boshqaruvchi, O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Risk menejment departamenti direktori o‘rinbosari, “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish kompleksi hududiy menejeri, Xalq banki boshqaruv raisi maslahatchisi, Xalq banki Aktivlar monitoringi va muammoli aktivlar bilan ishlash kompleksi rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Botir Saidov 2020 yil 17 dekabrdan buyon viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm

Baholaganlar

180

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing