Xorazm hokimi bezaklar va bannerlar uchun qariyb yarim milliard so‘m ajratdi
Jamiyat
−
10 fevral 2024 7837 1 daqiqa
Xorazmda badiiy bezash ishlarini amalga oshirish,bannerlar tayyorlash va boshqa xarajatlarni qoplash uchun 492 million 746 ming so‘m ajratildi. Bu haqda viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimovning farmoyishida keltirilgan.
Qayd etilishicha, 2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, ushbu mablag‘ mahalliy byudjetning erkin mablag‘lari hisobidan ajratiladi.
Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari M. Achilov zimmasiga yuklatilgan.
Bu haqdagi farmoyish kecha, 9 fevral kuni imzolangan.
Live
Barchasi