Xonobod shahriga yangi hokim tayinlandi. Sobiq hokim pnevmoniyadan vafot etgandi

Jamiyat

image

Bugun, 22 oktyabr kuni Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Andijon viloyati Xonobod shahar hokimi lavozimiga Mash’al Xurmamatovich Tojiboyev tayinlandi.

Mash’al Tojiboyev 1984 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. 

2007 yilda Toshkent arxitektura qurilish institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2003 yili Andijon pudrat savdolarini tashkil etish va o‘tkazish Andijon viloyat boshqarmasi mutaxassisi vazifasidan boshlagan.

2004-2010 yillarda Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazi yetakchi mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, bosh mutaxassis, tanlov savdolarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, markazi yetakchi mutaxassisi bo‘lgan.

Tayinlovga qadar u Andijon viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yildan buyon shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan 49 yashar Musajon Mamadaliyev joriy yilning 29 sentyabr kuni pnevmoniyadan vafot etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Xonobod shahri Mash'al Tojiboev

Baholaganlar

104

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar