Xoniyaning o‘rniga HAMASning yangi siyosiy yetakchisi saylandi

Olam

image

HAMASning G‘azo sektoridagi yetakchisi Yahyo Sinvar harakat siyosiy byurosi rahbari etib saylanib, joriy yilning iyul oyi oxirida Tehronda o‘ldirilgan Ismoil Xoniyaning vorisiga aylandi. Bu haqda kecha, 6 avgust kuni tunda HAMAS harakatining tegishli bayonoti e’lon qilindi.

So‘nggi oylarda isroillik harbiylar Sinvarni HAMASning Isroilga qarshi harakatlarida asosiy figuralardan biri deb hisoblagan holda, uni topib, o‘ldirishga ko‘p bora uringan.

Sinvar 1962 yil 29 oktyabrda G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shahrida tug‘ilgan. G‘azo Islom universitetini tamomlagan, arabshunoslik bo‘yicha tahsil olgan.

Sinvar 1988 yilda ikki isroillik askarni o‘g‘irlab ketish va o‘ldirishni rejalashtirganlikda ayblanib, hayotining 22 yilini Isroil qamoqxonalarida o‘tkazdi, biroq 2011 yilda Isroil askari Gilad Shalit evaziga 1000 ga yaqin boshqa falastinlik mahbuslar bilan ozod qilinadi.

Shuningdek, Sinvar “Al-Qassam” brigadalarini yaratishda faol ishtirok etgan. Unga “Xon Yunusning qassobi” laqabi berilgan.

2017 yilda Sinvar hozirda o‘ldirilgan va o‘sha paytda siyosiy byuroga rahbarlikka o‘tgan Ismoil Xoniya o‘rniga HAMASning G‘azo sektoridagi yetakchisi etib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

HAMAS Yahyo Sinvar Ismoil Xoniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made