Xoniyaning o‘ldirilishi Yaqin Sharqdagi keskinlikni oshiradi – WSJ 

Olam

image

HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning Tehronda o‘ldirilishi Yaqin Sharq mintaqasida keskinlikning kuchayishiga olib keladi. Bu haqda Amerikaning “The Wall Street Journal” (WSJ) gazetasi yozdi.

Nashrning hisob-kitoblariga ko‘ra, “Qo‘shma Shtatlar Isroil va HAMASdan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishmoqchi bo‘lgan bir paytda Xoniyaning o‘ldirilishi mintaqadagi keskinlikni kuchaytirishi mumkin”.

“Uning o‘limi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning katta g‘alabasi sifatida ko‘riladi, u avvalroq HAMAS yetakchilarini yo‘q qilishga va’da bergan edi. Bu voqea Falastin-Isroil mojarosining yangi bosqichi boshlanganidan dalolat berishi mumkin", deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Xoniya 2017 yil may oyida HAMAS siyosiy byurosi rahbari etib saylangan va 2021 yil avgustida bu lavozimga qayta saylangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Ismoil Xoniyaning Tehronda o‘ldirilganini keskin qoralagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

HAMAS Ismoil Xoniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing