Xonanda Nodira Sodiqova onasi bilan o‘lik holda topildi

Madaniyat-san’at

image

Moskvada “Manevr“ rok guruhining 44 yoshli solisti Nodira Sodiqova va nafaqadagi onasi vafot etgani haqida "Ren TV" telekanali xabar berdi.

Qo‘shiqchining amakisi qarindoshlari aloqaga chiqavermagach, Moskva politsiyasiga xabar qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, erkak bir necha kun davomida qarindoshlari bilan bog‘lanishga harakat qilgan.

Ma’lumotlarga asosan, rok xonanda va onasining jasadi hammomdan topilgan. Hozirda politsiya Sodiqova va uning onasining o‘lim sabablarini tekshirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva Nodira Sodiqova

Baholaganlar

5361

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing