Xonanda Dilmurod Daliyev o‘zi bilan yashab kelayotgan ayolni o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image

Farg‘onalik 36 yoshar xonanda Dilmurod Daliyev o‘zi bilan birga yashab yurgan ayolni pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, bugun, 23 mart  kuni soat 01:55 larda Rishton tumanida yashovchi 36 yoshli Dilmurod Daliyev (havaskor xonanda) qonuniy nihokdan o‘tmay yashab kelgan 31 yoshli ayol M.B. bilan oilaviy masalada janjallashib, oshxona pichog‘i bir necha marotaba unga tan jarohati yetkazgan. 

Olgan tan jarohatlari oqibatida ayol hodisa joyida vafot etgan. 

Shu kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Dilmurod Daliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing