Xomanaiyga suiqasd sodir etilgan taqdirda uchta voris bor – NYT

Olam

image

Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy suiqasd uyushtirilgan taqdirda o‘z lavozimini egallash uchun uchta nomzodni tanladi. Bu haqda “The New York Times” Tehrondagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Maqola mualliflarining iddao qilishicha, Xomanaiy oliy rahbar lavozimiga nomzod sifatida uchta yuqori martabali ulamoni tanlagan, shuningdek, yuqori martabali amaldorlar yana bir bor yo‘q qilingan taqdirda harbiy qo‘mondonlik zanjiridagi vorislar haqida ham qaror qabul qilgan.

“Mamlakat hozir urushda ekan, Oyatulloh tez va tartibli o‘tishni ta’minlamoqchi va o‘z merosini saqlab qolmoqchi”, deyiladi maqolada.

Manbalarga ko‘ra, Xomanaiy hozirda o‘zining yerosti bunkerida yashiringan va ko‘pincha o‘z qo‘mondonlari bilan ishonchli odam orqali muloqot qiladi. Xabarda aytilishicha, oliy rahbar dushmanga uni aniqlashini qiyinlashtirish uchun elektron aloqalarini ataylab kechiktirmoqda.

Bundan oldin OAV Ali Xomanaiy o‘ta maxfiy elita bo‘linmasining himoyasi ostida alohida qo‘riqlanadigan joyga o‘tkazilgani haqida yozgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroilning mamlakatga qarshi operatsiyasi boshlanganidan bir necha soat o‘tib yerosti bunkerida panoh topgani hamda o‘z xavfsizligini hatto Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) ham bilmaydigan maxsus, yuqori maxfiy bo‘linmaga ishonib topshirgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Oyatulloh Ali Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing