Xoland yozda “Man Siti”dan ketadi – manba

Sport

image

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland mavsum yakunida ingliz klubini tark etadi. Bu haqda futbol jurnalisti  Fransua Gallardo o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli norvegiyalik forvard yozda “Barselona”ga o‘tadi. Xolandning Kataloniya klubiga o‘tishi ancha oldin kelishib olingan. “Ko‘k-anorranglilar” futbolchining transferi uchun 100 million yevro to‘laydi.

Bungacha futbolchini Ispaniyaning boshqa bir grand jamoasi “Real”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalayotgandi. 

Ma’lumot uchun , Erling Xoland 2022 yilning yozida Dortmundning “Borussiya”sidan “Manchester Siti”ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda 23 yoshli norvegiyalik futbolchi barcha turnirlarda 22 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” internet portali futbolchining narxini 180 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Manchester Siti Erling Xoland

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing