Xoland PSJning taklifini rad etdi. U ispan klubiga o‘tmoqchi
Sport
−
29 avgust 2021
5118“Borussiya Dortmund”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland PSJning taklifini rad edti. Parij klubi 21 yoshli hujumchini “Real”ga o‘tish niyatida bo‘lgan Kilian Mbappening o‘rinbosari, deb hisoblab, uni qo‘lga kiritmoqchi edi.
Biroq, norvegiyalik PSJ taklifidan voz kechdi va bu mavsumni “Borussiya”da o‘tkazishga qaror qildi. Qo‘shimchasiga, u ham kelasi mavsumda “Real Madrid” jamoasiga o‘tmoqchi. PSJ rasmiylari Dortmund rahbariyati Xolandni 200 million yevro evaziga qo‘yib yuborishiga ishonayotgan edi.
2022 yilning iyul oyidan boshlab norvegiyalik futbolchining “Borussiya” bilan shartnomasidagi qo‘shimcha band kuchga kiradi. Unga ko‘ra, Xolandning tovon puli 75 million yevro etib belgilanadi.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli futbolchi joriy mavsum Germaniya Bundesligasining 3 o‘yinida 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.