Xoland Mbappening rekordini yangiladi

Sport

image

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland Yevropa Chempionlar ligasida ikkita yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda ESPN xabar berdi. 

Turnir guruh bosqichining 5-turi doirasidagi o‘yinda Xolandning goli “shaharliklar”ga Germaniyaning “RB Leypsig” klubini mag‘lub etishga yordam berdi.

Shu tariqa, Xoland Yevropa Chempionlar ligasida eng tez 40 ta gol urgan futbolchiga aylandi. Buning uchun unga 35 ta uchrashuv yetarli bo‘ldi.

Shuningdek, Xoland PSJ hujumchisi Kilian Mbappening rekordini yangiladi va musobaqada 40 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi (23 yosh, 130 kun).

Ma’lumot uchun, Xoland “Manchester Siti”da 2022 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Xoland barcha turnirlarda 20 ta o‘yinda qatnashib, 19 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Kilian Mbappe Erling Xoland

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing