Xoland faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin

Sport

image

Madridning “Real” klubi “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xolandga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Relevo” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qaymoqranglilar”ning 2024 yildagi asosiy transfer maqsadi PSJ hujumchisi Kilian Mbappe, ammo Madridliklar Erling Xoland bilan bog‘liq vaziyatni ham diqqat bilan kuzatib bormoqda. 

Ma’lumki,  Xolandning “shaharliklar” bilan shartnomasida sotib olish bandi bor.

Qayd etilishicha, futbolchining atrofidagilar “Real”ning qiziqishidan xabardor va ispan klubi futbolchining “Manchester Siti” bilan shartnomasida ko‘rsatilgan sotib olish variantini faollashtirishi mumkinligini tushunib turibdi. Qolaversa, Xolandning o‘zi ham yaqinlariga bir kun kelib “Real”da o‘ynashni orzu qilishini aytgan.

Erling o‘tgan yozdan beri “Man Siti”da o‘ynamoqda. Birgina Angliya chempionatining joriy mavsumida norvegiyalik forvard 14 uchrashuvda 14 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani ham amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Siti Erling Xoland

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing