XOQ tomonidan Rossiya olimpiya qo‘mitasi faoliyati to‘xtatildi

Olam

image

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Rossiya olimpiya qo‘mitasini chetlatdi. Bu haqda XOQ Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Rossiya Olimpiya qo‘mitasining 2023 yil 5 oktyabrda qabul qilingan Ukraina Milliy Olimpiya qo‘mitasi yurisdiksiyasiga taalluqli mintaqaviy sport tashkilotlarini (masalan, Donetsk, Xerson, Lugansk va Zaporojedagi) o‘z tarkibiga kiritish qarori Olimpiya Xartiyasining buzilishi hisoblanadi. Chunki u XOQ tomonidan tan olingan Ukraina Milliy Olimpiya qo‘mitasi hududiy yaxlitligini buzadi”, deyiladi bayonotda.

Shu munosabat bilan Rossiya olimpiya qo‘mitasi faoliyati “noma’lum muddatgacha” to‘xtatilgan.

Ma’lum qilinishicha, endi Rossiya Olimpiya qo‘mitasi milliy olimpiya qo‘mitasi sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega emas va Olimpiya harakatidan hech qanday mablag‘ ololmaydi.

Shuningdek, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 2024 yilgi Olimpiada va 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlarida Rossiya pasportiga ega bo‘lgan yakka tartibdagi neytral sportchilarning ishtiroki to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqini o‘zida saqlab qoldi.

Rossiya Federatsiyasi sport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yildan beri 67 nafar rossiyalik sportchi fuqaroligini o‘zgartirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlarida Rossiya va Belarus sportchilari ishtirok etsa, Ukraina va 35 davlatdan iborat koalitsiya musobaqani boykot qilishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xalqaro olimpiya qo'mitasi Rossiya olimpiya qo'mitasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing