Xodimlariga Toshkent propiskasini olib bera oladigan tashkilotlar soni ortdi
Jamiyat
−
10 iyun 2019
4664O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
Endilikda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi ham xodimlarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritish huquqiga ega bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, bugunga qadar mazkur ro‘yxatga 83 ta tashkilot kiritilgan.
LiveBarchasi