Xodimlariga Toshkent propiskasini olib beradigan tashkilotlar soni bittaga ortadi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Qaror bilan xodimlariga Toshkent shahri va Toshkent viloyati propiskani olib berishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni yana bittaga ortadigan bo‘ldi.

Ma’naviyat va ma’rifat markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugunga qadar mazkur ro‘yxatga 83 ta tashkilot kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qaror propiska

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing