XMK O‘zbekistonga investorlarni jalb qilishga yordam beradi

Jamiyat

image

Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) Yaponiya hukumati bilan hamkorlikda O‘zbekiston hukumatiga normativ-huquqiy bazani yangilashda yordam beradi.

Bundan maqsad to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ko‘proq jalb qilish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishdir. Bu haqda XMK matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston hukumati va XMK bilan amaldagi investitsiya qonunchiligini ilg‘or jahon tajribasiga moslashtirish orqali xorijiy investitsiyalar oqimini oshirish maqsadida mamlakatning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha bitim tuzilgan. Shu munosabat bilan XMK Yaponiya hukumati bilan hamkorlikda O‘zbekiston hukumatiga bozorga kirish qoidalarini aniq belgilab beruvchi, xorijiy investorlar va ularning investitsiyalariga teng munosabatda bo‘lishni ta’minlaydigan, sarmoyadorlarga xalqaro nizolarni hal etish imkoniyatini beradigan yangi qonunchilikni ishlab chiqishda yordamlashadi. 

Shuningdek, O‘zbekistonda xususiy sektorning maxsus iqtisodiy zonalarini tashkil etish va XMK faoliyatida ishtirok etishiga imkon beruvchi normalarni joriy etishga ko‘maklashadi.

Bundan tashqari, texnik-iqtisodiy asoslash va ekologik xavfsizlikni tahlil qilish asosida erkin iqtisodiy zonalar uchun joy tanlashni ta’minlash ham nazarda tutilgan.

“Bu islohotlar mamlakat salohiyatini ro‘yobga chiqarish, hukumatning iqtisodiy o‘zgarishlar va barqaror iqtisodiy o‘sish bo‘yicha maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash uchun investitsiya kapitali, ilg‘or yechimlar va texnologiyalarni taklif etishga tayyor bo‘lgan xalqaro investorlarni jalb etishning asosiy yo‘lidir”, degan yig‘ilishda ishtirok etgan XMK ning Yaqin Sharq Markaziy Osiyo, Turkiya, Pokiston va Afg‘onistonda bozorni rivojlantirish bo‘yicha maslahat bo‘limi menejeri vazifasini bajaruvchi Vim Dou.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

investorlar XMK

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing