XXR Bosh vaziri Mirziyoyevga Si Szinpinning salomini olib keldi

Jamiyat

image

Bugun, 1 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan, shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining 18-majlisida ishtirok etish uchun kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyanni qabul qildi.

Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlab, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganiga katta mamnuniyat bildirdi.

Li Ketsyan, o‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidentiga iliq mehmondo‘stlik uchun samimiy minnatdorlik bildirdi hamda XXR Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda ikki davlat rahbarlarining samarali muzokaralari konstruktiv siyosiy muloqotni kengaytirish va barcha sohalarda ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratgani alohida ta’kidlandi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni so‘zsiz amalga oshirish, ikki tomonlama savdoning jadal o‘sishini ta’minlash, shuningdek, infratuzilmani rivojlantirish, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari va boshqa sohalarda ustuvor loyihalarni birgalikda ilgari surish zarurligi qayd etildi. 

Madaniy-gumanitar yo‘nalishda, avvalo fan, ta’lim, innovatsiyalar va turizm yo‘nalishlaridagi  aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, iqtisodiyot, investitsiyalar va transport kommunikatsiyalari sohalarida tashkilotga a’zo barcha davlatlar uchun manfaatli bo‘lgan yirik loyihalarni amalga oshirish dolzarb ekani ta’kidlandi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Xitoy mamlakatlar va xalqlar manfaatlari yo‘lida ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga ko‘maklashishga tayyor ekanini tasdiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Xitoy Li Ketsyan

Baholaganlar

6

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing