Xivaga aviareys bo‘lmagani uchun sayyohlar ortga qaytib ketyapti – Prezident
Jamiyat
−
07 fevral 6100 1 daqiqa
Buxoro va Samarqandga kelgan turistlarning ko‘pchiligi Xivaga aviareys bo‘lmagani uchun qaytib ketyapti. Bu haqda bugun, 7 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Majlisda servisni rivojlantirish bo‘yicha vazir va hokimlarda yondashuv har xilligi, birgalikda ishlash yo‘lga qo‘yilmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Qayd etilishicha, Xorazmga 6 million mahalliy va xorijiy sayyoh olib kelish reja qilingan bo‘lsa-da, Xorazmga haftasiga 52 ta aviareys va 23 ta poyezd qatnovida tashilayotgan yo‘lovchilar yiliga 800 mingdan oshmayapti. Buxoro va Samarqandga kelgan turistlarning ko‘pchiligi Xivaga aviareys bo‘lmagani uchun qaytib ketyapti.
Shuningdek, yetti yilda xususiy klinikalar soni 3 karra oshgani, ko‘p klinikalar olib kelingan brend tibbiy uskunalarni ro‘yxatdan o‘tkazish 6 oygacha cho‘zilayotganidan norozi bo‘lib, chetdan keladigan uskunalarni soddalashgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish taklifini berayotgani aytildi.
Bildirilishicha, joylarda tibbiy laboratoriya ochish uchun tadbirkorlar akkreditatsiyadan o‘tishga oylab vaqt sarflamoqda. To‘siqlar juda ko‘p. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, har bir viloyatda 10 nafardan shunday tadbirkorlar bor. Ular 1 million dollardan pul tikib, laboratoriya ochishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq 2024 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlaridan O‘zbekistonga sayohat maqsadida 24 545 nafar turist kelgani ma’lum qilingandi.
Live
Barchasi