Xiva tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
24 fevral
8840Sardor Polvonov Xorazm viloyatining Xiva tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.
Bugun, 24 fevral kuni Xalq deputatlari Xiva tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, unda viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov yig‘ilish qatnashchilariga Xiva tumani hokimi lavozimiga Sardor Polvonov Maqsudovichni tanishtirdi.
Shundan so‘ng, viloyat hokimining Sardor Polvonov Maqsudovichni Xiva tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, Sardor Polvonov nomzodi Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan. U bunga qadar Yoshlar ishlari agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
LiveBarchasi