Xiva 2020 yilda turkiy olamning madaniy poytaxti deb e’lon qilinadi

Jamiyat

image

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida bo‘lib turibdi. Komilov boshchiligidagi delegatsiya Baku shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Tashqi ishlar vazirlari kengashining yettinchi yig‘ilishida ishtirok etdi. 

Ozarbayjon,  Qirg‘iziston,  Qozog‘iston,  Turkiya,  O‘zbekiston va kuzatuvchi-davlat Vengriya tashqi siyosat idoralari rahbarlari Turkiy kengash doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar va Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining o‘z ishini boshlayotgan VII Sammiti chog‘ida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlarning loyihalarini ko‘rib chiqdilar. 

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari o‘z nutqida Turkiy kengash doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirishning maqsad va vazifalari borasidagi O‘zbekiston qarashlariga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, mamlakat savdo-iqtisodiy, investitsiya va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekani e’tirof etildi. 

2017 yildan boshlab O‘zbekiston Turkiy kengashning ishtirokchi davlatlari bilan ikki tomonlama savdo aylanmasini yiliga o‘rtacha 30%ga oshirib bormoqda. 5 oktabr kuni Toshkent shahrida turkiy olam vakillari ishtirokida Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi va Investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. 

Xiva shahrining 2020 yilda turkiy olamning madaniy poytaxti deb e’lon qilinishi madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. 

Yig‘ilish yakunida vazirlar tomonidan Turkiy kengash faoliyatining tashkiliy-moliyaviy masalalari yechimi, xususan Vengriyada Turkiy kengash vakolatxonasini ochish bilan bog‘liq qator hujjatlar tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Xiva

Baholaganlar

16

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing