Xitoyning yuqori martabali amaldori Afg‘onistonda “Tolibon” bilan muzokara qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Qobulda Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaki bilan uchrashdi. Bu haqda Afg‘oniston TIV vakili Abdul Kahhar Balxiy Twitter’da ma’lum qildi.

Uchrashuvda tomonlar tog‘-kon sanoatidagi loyihalar, Afg‘onistonning “Bir makon, bir yo‘l” iqtisodiy koridoridagi roli va “boshqa muhim masalalar”ni muhokama qilgan.

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Qobulga tashrifini har tomonlama munosabatlarni mustahkamlash yo‘lidagi qadam deb atab, Afg‘oniston va Xitoy tarixiy aloqalarga ega ekanini, Pekin hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash tarafdori ekanini qo‘shimcha qilgan.

Van I Afg‘onistonga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarga qarshi chiqib, Xitoy siyosati Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashmaslik va bu yo‘lda o‘z manfaatlarini ko‘zlamaslikdan iboratligini aytgan.

O‘z navbatida Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Muttaki Van Ining tashrifini “afg‘onlar va butun dunyoga ijobiy xabar” deb atagan. Muttakining ta’kidlashicha, hukumat Afg‘oniston xalqining manfaatlarini himoya qilishdan tashqari, uning iqtisodiy o‘sishi va barqarorligi uchun xorijiy sarmoyani qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, AQSH o‘z qurolli kuchlarini mamlakatdan olib chiqish qarorini e’lon qilganidan so‘ng, “Tolibon” Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatish uchun keng ko‘lamli operatsiya boshladi. 2021 yil 15 avgustda “Tolibon” jangsiz Qobulga kirdi, Prezident Ashraf G‘ani esa respublikani tark etdi. 6 sentyabr kuni “Tolibon” butun Afg‘oniston hududi ustidan nazorat o‘rnatilgani haqida, 7 sentyabrda esa qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Van I

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing