Xitoy O‘zbekistonga yangi elchi yuboryapti
Jamiyat
−
12 iyul 2023 5064 1 daqiqa
Yuy Szyun Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlandi. Elchixona rasmiy saytida Yuy Szyun tomonidan imzolangan tabriknoma e’lon qilindi.
“Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi Xitoyning O‘zbekistonga nisbatan tashqi siyosatiga qat’iy sodiq qoladi. O‘zbekiston jamiyatining xayrixoh vakillari bilan birgalikda ishlaydi, davlat rahbarlarining muhim kelishuvlarini faol amalga oshiradi, rivojlanish strategiyalarini birlashtirishga ko‘maklashadi, turli sohalarda do‘stona almashinuvlarni ilgari suradi, har tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtiradi, ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va do‘stlikni doimiy ravishda mustahkamlaydi”, deyiladi tabriknomada.
Ma’lumot uchun, janob Yuy Szyun 1972 yilda tug‘ilgan. U Xitoy Kommunistik partiyasi a’zosi hisoblanadi. Tashqi ishlar vazirligining tegishli boshqarma va idoralarida, shuningdek, xorijdagi elchixonalar va konsulliklarda ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Xitoyning O‘zbekistondagi avvalgi elchisi Szyan Yan besh yillik diplomatik missiyasi yakunlangan edi. 6 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Szyan Yanni ikki tomonlama munosabatlarda bugungi darajaga erishilishiga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun yuksak davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlagan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr