Xitoylik olimlar koronavirus pandemiyasining rivojlanishi bo‘yicha 2 ta modelni ishlab chiqdi
Olam
−
17 yanvar 2021
7625Professor Syuy Szyango boshchiligidagi Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi, Xalq ozodlik armiyasi va bir qator ilmiy-tadqiqot institutlarining xitoylik bir guruh olimlari 2021 yilda koronavirus pandemiyasi rivojlanishini modellashtirishdi.
"South China Morning Post" gazetasining yozishicha, eng yomon vaziyatda, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni keyingi ikki oy ichida 94 milliondan 170 milliongacha ko‘payadi. Shu bilan birga, professor Szyango ta’kidlashicha, dunyodagi barcha kasalliklarning beshdan biri Qo‘shma Shtatlarda bo‘ladi.
“Mart oyi boshlanishida COVID-19 dan vafot etganlar soni besh milliongacha yetishi mumkin”, degan u.
Eng optimistik ssenariyni amalga oshirish uchun har bir kishi ijtimoiy masofani saqlashi va niqob taqish qoidalariga rioya qilishi zarur, mamlakatlar hukumatlari faqat samarali choralarni ko‘rishlari va ommaviy emlash dasturi to‘xtamasligi kerak. Agarda barcha shartlarga amal qilinganda ham xitoylik olimlar hisob-kitobiga ko‘ra, mart oyigacha kamida 300 ming kishi koronavirusdan vafot etadi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, asosiy muammo shundaki, SARS-CoV-2 virusi gripp singari rivojlanmoqda. Bu shuni anglatadiki, virusni inson tanasiga moslashishi kasallikning mavsumiy xususiyatiga olib kelishi mumkin, bu esa unga qarshi kurashni sezilarli darajada murakkablashtiradi.
Avvalroq, JSSTda pandemiyaning ikkinchi yili insoniyat uchun birinchisiga qaraganda og‘irroq kechishi mumkinligi aytilgandi.
Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 94 mlndan, qurbonlar soni 2 mlndan oshib ketdi.
LiveBarchasi