Kurs UZS

USD

12 969.56

-10.77

EUR

14 768.44

-10.96

RUB

157.09

2.58

AQSH millionlarning “yostig‘ini quritgan” koronavirus uchun Xitoyni jarimaga tortmoqchi

Olam

image

AQSHning Missuri sharqiy okrugi sudi Xitoy hukumatini koronavirusning tarqalishi haqida ma’lumotlarni yashirgani uchun javobgar deb topdi va Xitoydan 24 mlrd dollardan ortiq miqdorda to‘lovni undirishga qaror qildi. Bu haqda “The New York Times ” xabar berdi.

Qayd etilishicha, da’vo 2020 yilning aprel oyida Missuri shtatining bosh prokurori tomonidan kiritilgan. Shtat hokimiyati Xitoy COVID-19 mavjudligi va tarqalishi haqida ma’lumotlarni yashirganini, shuningdek, dunyoga himoya vositalarini yetkazib berishni to‘xtatganini ta’kidlamoqda.

Shuningdek, sudya o‘z qarorida Xitoy “pandemiyaning xavflari va miqyosi haqida dunyoni aldagan” va “himoya vositalarini to‘plab, monopolistik harakatlar bilan shug‘ullangan” deb yozgan. U ushbu harakat pandemiyaga javob berishga va tibbiyot xodimlari uchun yetarli jihozlarni sotib olishga to‘sqinlik qilganini ta’kidlagan.

Missuri rasmiylari jarimani Xitoy aktivlari orqali undirishga va’da bergan. Xitoy tomoni sudning qaroriga rozilik bildirmagan.

Ma’lumot uchun, 2019 yil dekabrda Xitoy hukumati Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) Uxanda pnevmoniya epidemiyasi haqida ma’lumot bergan. 2020 yilning mart oyida JSSTning vakili COVID-19 pandemiyasini e’lon qildi, chunki virus tez tarqalgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus tufayli dunyo bo‘yicha 7 mlndan ortiq kishi vafot etgan. 2025 yilning yanvarida esa Markaziy razvedka boshqarmasi virusning laboratoriya orqali kelib chiqishi haqidagi hisobotni e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda ko‘rshapalaklarda COVID-19ʼga o‘xshash yangi koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgandi. Virus HKU5 koronavirusining yangi avlodi bo‘lib, Gonkongda ko‘rshapalaklar turi bo‘lgan yapon pipistrellesida aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti Xitoy koronavirus COVID-19

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing