Xitoyga yana qum bo‘roni yopirildi (foto+video)

Olam 6227

Xitoyga so‘nggi 15 kunda ikkinchi marta qum bo‘roni yopirildi. Bugun, 28 mart kuni bo‘ron Ichki Mo‘g‘uliston, Gansi, Xebey, Lyaonin viloyatlari, poytaxt Pekin va Tyanszin shahriga ta’sir qilgan.

Poytaxtning aksariyat tumanlarida sovuq havo ta’sirida kuchli shimol shamoli kutilyapti. Ko‘rish minimumi 1000 metrni tashkil qiladi. Bo‘ron 12 soatdan ko‘proq davom etadi va yakshanba kuni kechqurun zaiflashadi.

Mart oyi o‘rtasida Pekinga kuchli qum bo‘roni yopirilgandi. Havodagi chang konsentratsiyasi normadagidan 160 baravar ortib ketdi. Bo‘ron tirbandlik, aviareyslarning kechiktirilishi va bekor qilinishiga sabab bo‘ldi. Meteorologlar fikricha, bu so‘nggi 10 yillikdagi eng kuchli qum bo‘roni bo‘lgan.

 

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 173
Reyting: 3.1
Teglar
t
×