Xitoydagi zilzila qurbonlari soni 100 kishiga yaqinlashdi

Olam

image

Xitoyning janubi-g‘arbidagi Tibet muxtor okrugida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 95 kishiga yetdi. Bu haqda mahalliy hokimyatga tayanib, Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

Qayd etilishicha, zilzila oqibatida 130 kishi jarohatlangan va 95 kishi vafot etgan.

“Bugun mahalliy vaqt bilan 20:05 holatiga ko‘ra, Dingri okrugidagi zilzila 95 kishining o‘limiga olib keldi”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, hozirda qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 yanvar kuni ertalab soat 9:05 da Xitoyning Tibet okrugida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi. Zilziladan keyin seysmologlar 49 ta yer silkinishini qayd etgan. CCTV davlat telekanaliga ko‘ra, Dingri okrugi va uning atrofidagi hududlarda juda kuchli silkinishlar sodir bo‘lgan, epitsentr yaqinidagi ko‘plab binolar qulab tushgan. Yerosti silkinishlari Nepal poytaxti Katmandudan 400 km uzoqlikda sezilib, aholi uylarini tashlab qochgan.

Silkinish Hindiston shimolidagi Bixar shtatida ham sezilgan, biroq rasmiylar vayronagarchilik alomatlari haqida xabar bermagan.

Xitoy Zilzila tarmoqlari markazi (CENC) ma’lumotlariga ko‘ra, tog‘li Himoloy mintaqasida zilzilalar tez-tez uchrab turadi, biroq bu galgi zilzila so‘nggi besh yil ichida 200 kilometr radiusda qayd etilgan eng kuchli zilzila bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy zilzila qurbonlar Tibet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing