Xitoydagi talabalarning shikoyatlariga TIV munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Bir qator OAVda Xitoy Xalq Respublikasiga o‘qish uchun jo‘nab ketgan O‘zbekiston fuqarolarining videomurojaati tarqaldi. Mazkur murojaatda ular o‘zlarini yuborgan agentlik tomonidan shartnomaning ayrim bandlari bajarilmayotgani borasida shikoyat qilishgan. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

O‘zbekistonning Shanxay shahridagi bosh konsulxonasi murojaatchilar bilan aloqa o‘rnatdi va mazkur masalani nazoratga oldi, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekiston fuqarolarining ularni xorijga jo‘natgan kompaniyaga nisbatan talablari qonuniyligini tekshirib ko‘rish uchun vakolatli organlarga so‘rovnoma yo‘lladi va hozirda mazkur idoralarning tegishli xulosasini kutmoqda, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

TIV

Baholaganlar

38

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing