Xitoydagi ko‘rshapalaklarda koronavirusning yangi turi aniqlandi

Olam

image

Xitoyning janubi-g‘arbiy qismida yashaydigan ko‘rshapalaklarda koronavirusning yangi turlari aniqlandi, ular odamlarga ham yuqishi mumkin. Bu haqda Uxan virusologiya instituti mutaxassisi Shi Chjenli ma’lum qildi, deb yozadi “The Guardian”.

“Biz ularni nafaqat Xitoydan, balki Janubiy Osiyo mamlakatlaridan ham izlashimiz kerak”, deya tushuntirdi mutaxassis.

Uning ta’kidlashicha, avvaldan virusning asl tashuvchisi ko‘rshapalaklar bo‘lgan. Odamlarga yetib borishidan oldin, Sars-CoV-2 orada boshqa hayvonlarga yuqtirilgan. Biroq, bu hayvonning aniq nima ekanligi haligacha noma’lum. Shuningdek, Sars-CoV-2 hayvonlar orasida qancha vaqt aylanib yurgani shubha ostida.

Shi Chjenli versiyasini Sidney universiteti virusologi, professor Edvard Xolms ham qo‘llab-quvvatladi. Uning fikriga ko‘ra, virus aniqlangunga qadar bir necha oy davomida aylanib yurgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, u odamda aniqlangan birinchi koronavirus infeksiyasi Uxanda yoki Xubey viloyatida ham emas, balki umuman boshqa hududda aniqlangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.

COVID-19 odamlarga hayvonlar orqali yuqishi mumkin, degan fikrni avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining katta laboratoriya mutaxassisi Frank Konings bildirgan edi. Shuningdek, u bunday tashuvchilar bir nechta bo‘lishi mumkinligini istisno qilmagan.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunga kelib, butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 66 million 230 912 nafarni iashkil etmoqda. Ulardan 45 million 812 406 nafari kasalikdan sog‘aygan, 1 million 524 457 kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Uxan

Baholaganlar

407

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing