Xitoydagi kimyo zavodida kuchli portlash yuz berdi (video)
Olam
−
01 iyul 2023 7279 1 daqiqa
Xitoy janubi-sharqidagi Szyansi provinsiyasi Guysi shahridagi kimyo zavodida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda davlat markaziy televideniyesi xabar berdi.
Portlash mahalliy vaqti bilan soat 12:00 atrofida sodir bo‘lgan. Zavod Jiangxi Qiantai New Materials kompaniyasiga tegishli.
Hozircha halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Portlash vaqtida zavodda qancha odam bo‘lgani ham ma’lum emas.
Portlash sabablari aniqlanmagan. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlari ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tataristonning Zainskiy tumani Staroye Mavrino qishlog‘ida neft mahsulotlari solingan bo‘sh sisterna portlab ketgandi. Portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani aniqlangan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025