Xitoydagi eng katta iPhone yig‘ish zavodi yangi muammoga duch keldi 

Texnologiya

image

Xitoyning Chjenchjou shahridagi Foxconn kompaniyasi tomonidan boshqariladigan dunyodagi eng yirik iPhone yig‘ish zavodi shahardagi suv toshqini ortidan xodimlar tanqisligiga duch kelmoqda. Bu haqda “South China Morning Post” nashri xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, muhim davrda fabrikalar ishchilar yetishmasligiga duch kelmoqda. Natijada, zavod ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun yangi ishchilarning ish haqini rekord darajaga ko‘tarishga qaror qilgan. 

“Hozirda bizda juda ko‘p ishchi kuchi talab qilinadigan buyurtmalar bor”, degan Foxconn Technology Group menejeri o‘rinbosari Chjan Chjanvu. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, kadrlar tanqisligi haqiqatan ham sezilmoqda. 

“Biz birinchi o‘rinda suv toshqinidan zarar ko‘rganlarni ishga yollaymiz”, deya qo‘shimcha qilgan xodim. 

Eslatib o‘tamiz, Xenan provinsiyasida rekord darajada yomg‘ir yog‘di, natijada suv toshqini yuz berdi. 1,3 milliondan ortiq odam o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Toshqin natijasida 302 kishi halok bo‘ldi, yana 50 kishi bedarak yo‘qoldi. 

Avvalroq, ushbu toshqin taqdimoti joriy yilning sentyabriga belgilangan yangi smartfonlarning chiqarilishiga ta’sir qilishi mumkinligi haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy zavod toshqin

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing